1.  Sonni ifodalovchi grafik belgi.
                
                                        Bu raqamlar har qanday balandparvoz gaplardan qudratli va rad qilib bo‘lmas faktlardir.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
            
            
                2.  Biror son bilan ifodalangan miq-dor, ko‘rsatkich.
                
                                        Raisning oxirgi yakunlovchi so‘zi, Qo‘chqorovning nutqiday, raqamlar, muvaffaqiyatlar, maqtovdan nari o‘tmadi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                3.  Bir turdagi predmetlarga tartib bilan qo‘yilgan son; nomer.
                
                                        Tartib raqami
                        Gazetadan