1.  Yaramaslik, razillik.
                
                                        Yoqut aya o‘z rasvoligiga achchiq-achchiq, yumma-yumma yig‘ladi.
                        G‘. G‘ulom, Soyalar
                        
            
            
                2. ayn. yn. Rasvogarchilik 2.
                
                                        — [Musulmon ligasi] Ulamolar bilan birgalashib, yana Amerika yordamini bosh usti qabul etishga fatvo berdi, bu qanday rasvolik! — dedi Muhammad Jamol.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
            
            
                3. ayn. yn. Rasvogarchilik 1.
                
                                        Odamlar suyug‘oyoq xotinidan emas, rasvolikni bo‘yniga olgan eridan jirkanishardi.
                        Mirmuhsin, Umid