1.  Bir tekisda va to‘xtovsiz boradigan yoki borayotgan, silliq.
                Ravon harakat. Mashina ravon ishlayapti. G‘o‘zalar ravon o‘smoqda.
                                    
                    
            
            
                2.  Bir tekisda, tinch oqayotgan.
                Ravon suv. Obi ravon. Uning ko‘z yoshi ravon.
                    ▬
                                        To‘lqinlar shovullar, so‘ng oqar ravon, Tutashgan besh dengiz, o‘nlab daryolar.
                        X. Rasul
                        
                        Kechasi charx-palak yangi joyga ko‘chirildi va tongotarda dashtga bir jo‘yak suv ravon oqdi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
                        Kemalar ravon oqib ketishdi.
                        Mirmuhsin, Temur Malik
                        
            
            
                3.  To‘g‘ri va tekis (yo‘l haqida).
                
                                        Ravon yo‘l. Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.
                        Maqol
                        
                        Hamma yoq serqatnov, ravon yo‘l, hamma yoq adil imoratlar, qasrlar, bog‘lar, fontanlar
                        H. G‘ulom, Zamin yulduzlari
                        
            
            
                4.  Mantiq va uslub jihatidan puxta va silliq, bir-biriga yaxshi bog‘langan.
                Ravon she’r. Ravon uslub. Uning nutqi ravon. Ravon o‘qimoq.
                    ▬
                                        Adolat she’rni ravon, chiroyli o‘qidi.
                        S. Zunnunova, Olov
                        
                        Nutqi ravon bolalarning baholari, ko‘pincha, yuqori bo‘ladi.
                        Saodat
                        
                        Muharram ravon gapirardi. Uning bunday nutqni birinchi marta so‘zlamayotganligi ko‘rinib turardi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Yangi yerda yangi chaman yaratgan qizlar, Yangramoqda yangi, ravon kuylaringiz-a!
                        T. To‘la
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Silliq, bir tekis.
                
                                        Ha, hayot ravon emas, Bordir past-u balandi Shu fikrga kelganda, Yana bob tugallandi.
                        A. Muxtor, Asarlar
                        
                        Aql va baxt birlashsa, insonning hayot yo‘li ravon bo‘ladi.
                        Gazetadan
                        
                        Biroq hayotning ravon yo‘lidan ko‘ra so‘qmog‘i ko‘p.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
            
            
                6.  Oson va bir tekisda harakatlanadigan, ishlaydigan.
                Ravon eshik. Charxi ravon.
                                    
                    
            
            
                7. ayn. yn. Ravona.
                
                                        Devning aslahasin Shakar oladi, Otlanib Shakarbek ravon bo‘ladi.
                        Shirin bilan Shakar
                        
            
            
                8. s.t. q. Rovon.
                
                                        Ravon panjarasida o‘zini oftobga solib turgan musicha parillab uchib borib, ko‘cha tomonga tortilgan elektr simiga qo‘ndi.
                        S. Zunnunova, Ko‘k chiroq
                        
                        Xayri undan javob kutmay, oy nuri tushib turgan ravon tomon yura boshladi.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar