1.  Ish, faoliyatning biror sohasida, sport musobaqalarida erishilgan eng katta muvaffaqiyat, eng yaxshi natija, eng yuqori ko‘rsatkich.
                Jahon rekordi. Yangi sport rekordi qo‘ymoq.
                    ▬
                                        Jon-jahdim bilan ishlab, rekord ustiga rekord qo‘ymaganimda, bu hurmatlar qayoqda edi.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
                        Ular hosil yig‘im-terimini maksimal darajada mexanizatsiyalash va tayyorlash suratlarini tezlashtirishda rekord ko‘rsatkichga erishmoqdalar.
                        Gazetadan
                        
                        Raufni rekord bilan yana bir bor tabriklashdi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari