1.  Bir sifat \olatidan ikkinchi, yuqori sifat holatiga o‘tish, o‘sish, yuksalish; taraq-qiyot, ravnaq.
                
                                        Fan va texnika rivoji. Nohaq ishga rivoj yo‘q.
                        Maqol
                        
                        [Safarov:] Xo‘jayin bo‘lgandan keyin kishi o‘z xo‘jaligining kam-ko‘sti, uning rivoji to‘g‘risida o‘ylaydi, jon kuydiradi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
            
            
                2.  O‘sib-unish, ulg‘ayish, avj.
                Paxtaning rivoji yaxshi.
                                    
                    
            
            
                3.  Muvaffaqiyat; ravnaq, yuksalish.
                
                                        Bu savdogar [Abdulziyo] ishning rivoji va ko‘rayotgan foydalaridan og‘iz ochmadi.
                        Oybek, Navoiy
                        
                        Do‘stlik bo‘lmagan joyda ishning rivoji ham bo‘lmaydi.
                        S. Zunnunova, Yangi direktor
                        
                        Senga baxtdan taxt tilarman, Toledan boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toj-u taxtingga rivoj.
                        E. Bolidov, Muhabbat