1.  O‘ziga mustaqil har bir oila, har bir xo‘jalik.
                
                                        Ayolning sarishtasi — ro‘zg‘orning farishtasi.
                        Maqol
                        
                        Seni deb uyimdan, ro‘zg‘orimdan kechdim.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Ha, durust, ishga yaroqli polvondek yigit bo‘lsang, ro‘zg‘orga bosh bo‘lasan endi, o‘g‘lim.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
                        Shu paytgacha doim ro‘zg‘or ishi bilan band bo‘lgan Malikaxon zavodga ishga kirib ketdi.
                        S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
                        
            
            
                2.  Shunday oila yoki xo‘jalikka tegishli va uning tirikchiligi uchun zarur anjom-ashyolar, ikir-chikirlar.
                
                                        Ro‘zg‘or ziynati — o‘tin, Uy ziynati — xotin.
                        Maqol
                        
                        Qo‘sh-u omoch, bosh aylanmas kichik qo‘rg‘on, Ovqat-ro‘zg‘or, kavshay desang — obi yovg‘on.
                        H. G‘ulom, Tanlangan asarlar
                        
                        Agar boshqa odam bo‘lgan-da, Mahfuzaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatar, ro‘zg‘orini butlab olishni o‘rgatardi.
                        Gazetadan
                        
                        Qodir butun ro‘zg‘or tashvishlarini zimmasiga olishga majbur bo‘ldi.
                        Yoshlik
                        
            
            
                3.  Turmush, oila.
                — Katta qizining ro‘z-g‘orini ham shu kampir buzgan.
                    ▬
                                        Magazinda ishlaydigan toparmon-tutarmon bir yigitni ichkuyov qilib, rosa sog‘ib ichdi, — dedi kelin.
                        S. Ahmad, Cho‘l burguti
                        
                        Bularning ham ayrimlarining ro‘zg‘or, farzandlari bor, ba’zilari erta-indin uzatiladigan bo‘lib, bo‘y yetib turibdi.
                        Gazetadan