1.  Estetik zavq yoki orom beradigan narsalardan olinadigan lazzat, huzur, gasht.
                
                                        Sevgisin aytmaslik — qizlar odati, Noz-u karashmasi — yigit rohati.
                        M. Alaviya
                        
                        Kunduzlari issiqdan behol bo‘lgan odamlar kechadan rohat kutadilar.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                2.  Huzur-halovat, farog‘at, tinch va fa-rovon hayot.
                
                                        Rohatda yashamoq. Mehnat, mehnatning tagi — rohat.
                        Maqol
                        
                        Mehnatsiz rohat yo‘q.
                        Maqol
                        
                        Endi senlar omon bo‘linglar. Dunyoning rohatini senlar ko‘ringlar.
                        Oydin, Oltin uzukka olmos ko‘z
                        
                        [Puldorlarning] Qornilari to‘q. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Rohat (xotin-qizlar ismi).