1.  Shaxmat o‘yinida: taxtaning ikki chetki qator oxiridagi kataklarda joylashadigan va tikka hamda yonlama yo‘nalishda istagancha yura oladigan sipoh; to‘ra.
                Ruxni surmoq. Ruxni yurmoq.
                                    
                    
            
            
                2. esk. poet. Kishining yuzi; ruxsor.
                
                                        Lablaring ostidagi xolingdin aylansun quling, Loladek gul-gul ruxi olingdin aylansun quling.
                        Furqat
                        
            
            
                3.  Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metall.
                Rux kuporosi. Rux qotishmalari.