1.  Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish; o‘zini tiyish.
                
                                        Sabr tagi — sariq oltin.
                        Maqol
                        
            
            
                2.  G‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish.
                
                                        — Osonmi, aylanay, — E’tibor opa yostiqni E’zozxonning biqiniga surib qo‘ydi. — Tag‘in ham temir ekansiz. Sabringizga balli, girgitton!
                        H. G‘ulom, Mash’al