1.  Hali voyaga yetmagan yetim bola.
                
                                        Sag‘ir haqqiga tegib bo‘lmas. Sag‘irning haqi — sopqonning o‘qi.
                        Maqol
                        
                        — Desangiz, Oynaxon, o‘zi [Ma’murjon] bir sag‘ir bola, hech kimi yo‘q, — dedi mehmon xotin.
                        Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar
                        
                        Dushman ko‘rsang, qo‘ymay izdan quvlagin, Sag‘ir ko‘rsang, aning ko‘nglin ovlagin.
                        Erali va Sherali
                        
                        Madamin shovqin soldi: — Xudoyqul mening jigarim, ammamdan qolgan sag‘ir. Yetti yoshidan boqib odam qildim.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                2.  Yosh bola, kichkina bola.
                
                                        Mahalla bu hangomadan uyg‘onib, Eshigiga keldi sag‘ir-u kabir.
                        Muqimiy