1.  Sidqidillik bilan, chin qalbdan, yurakdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan.
                
                                        Lekin Mashrab Masturaning gaplaridan emas, uning ovozidagi g‘ururdan, bolalarga xos samimiy quvonchdan jilmaydi..
                        O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
                        
            
            
                2.  Samimiyat bilan ish tutuvchi, sofko‘ngil; pok, toza
                
                                        Samimiy odam,◆Sherali bu sodda, samimiy qizning bolalardek xatti-harakatini ko‘rib taajjublandi.
                        S. Karomatov, Oltin qum