1.  Bosma yoki qo‘lyozma matnning yoki she’rning har bir yo‘li; bir qator.
                She’r satri. To‘rt satrdan iborat she’r.
                    ▬
                                        Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog‘idir umr daftarin.
                        G‘. G‘ulom
                        
                        She’r yozayin senga bag‘ishlab, Mangu qolgin satrlarimda.
                        Sh. Rahmon, Yurak qirralari
                        
                        Xatning satrlari qora siyohda juda ustalik bilan o‘chirib yuborilgan.
                        I. Rahim, Chin muhabbat