1. Ajramoq fe’lining orttirma nisbati. Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonlik kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish va bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Oraga tushib, ikki yoqqa ayirmoq (mas., yoqalashuvchilarni). Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqo‘zini g‘ajib tashlar edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
3. Ayirib olmoq, xalos qilmoq; qutqazmoq. ..o‘rtaga Boysunqormirzo tushib, o‘g‘lini zo‘rg‘a jallod qo‘lidan ajratib olgan. Mirmuhsin, Me’mor
4. Biror maqsad uchun atab, belgilab ayirmoq. Mablag‘ ajratmoq. Bunga qancha yer ajratamiz? — O‘rmonjon uning savoliga javob bermadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
5. Navlariga, turiga, xiliga qarab ayirmoq; xillamoq. Anvar hudaychi uchun ajratgan arizalarni qo‘liga olib, o‘rnidan turdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. Farqiga bormoq, farqlamoq. Bularning qishloq bolalarimi yo shahar bolalarimi ekanligini ajratib bo‘lmaydi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. -
1. oq bilan qorani ajratmoq: -
2. oqni oqqa, qorani qoraga ajratmoq: -
3. oqni qoradan ajratmoq: -
4. oq-qorani ajratmoq: -
5. oq-u qorani ajratmoq: -
6. qilni qirqqa ajratmoq: -
7. saragini sarakka, puchagini puchakka ajratmoq: -