1.  Ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot.
                
                                        Majlisda so‘zga chiqqan parlament qo‘mitalarining raislari axborot berdilar.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Radio eshittirishi, televideniye ko‘rsatuvida maxsus informatsion dasturning nomi.
                
                                        Konsert, kino, Axborot mayli-ya, sport-u ob-havo ma’lumotigacha ko‘radi.
                        S. Nurov, Narvoy
                        
            
            
                3.  Vaqti-vaqti bilan chiqib turadigan ba’zi to‘plamlarning nomi.
                
                                        Fanlar akademiyasining axboroti.
                        -