1.  Rasm-qoidaga yoki odob-axloq me’yorlariga xilof ish, xatti-harakat; gunoh.
                
                                        U Oyqizning yoniga keldida, aybiga iqror bo‘lgan gunohkordek, ma’yuslik bilan gapirdi.
                        Sh. Rashidov. G‘oliblar
                        
            
            
                2.  Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti.
                
                                        To‘rt nafar harbiy Vatanga xiyonat qilishdagi aybi uchun sudga tortildi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Kishi uyaladigan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat.
                
                                        [Xolisxon Tojiboyga:] Qo‘ying, xafa bo‘laman. Bu o‘zimning ukam, ayb bo‘ladi.
                        Hamza, Xolisxon
                        
            
            
                4.  Me’yorni, odatiy holatni buzuvchi belgi-holat, narsa; kamchilik, nuqson.
                
                                        Har to‘kisda bir ayb. Birovning aybiga kulmagil zinhor, sening aybingga ham kulguvchilar bor.
                        -