1.  Jismoniy yoki ruhiy qiynoq.
                
                                        Vijdon azobi. Ruhiy azob. Ilgari yo‘l azobi— go‘r azobi derdilar. [G‘ulomjon] Yuragidagi bor dardlarini, tortgan azoblarini bir-bir aytib berdi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2.  Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati.
                
                                        [Xadicha] O‘g‘li ne-ne azob bilan yasagan stollar, o‘rindiqlarning tashqariga chiqarib uyilayotgan siniqlarini ko‘rib, dod solib yubordi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha