1.  Tarixiy, madaniy-ma’naviy an’analarga ko‘ra rasmiy yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyonasi kuni, tantana kuni.
                
                                        Mustaqillik bayrami. Navro‘z bayrami. G‘alaba bayrami. Yangi yil bayrami.Yangi yil bayrami dilimizga yaqin, hammaga birday quvon-chu farah baxsh etadigan, yorqin tuyg‘ularni uyg‘otadigan qutlug‘ ayyom!
                        Saodat
                        
            
            
                2.  Biror-bir munosabat bilan o‘yin-kulgi ishtirokida tantanali ravishda o‘tkaziladigan tadbir.
                
                                        Oilaviy bayram. Archa bayrami. Sport bayrami. She’riyat bayrami.San’at bayrami. Paxta bayrami. Bolalar archa bayramidan uylariga xursand bo‘lib qaytadilar.Paxta bayramini yor-jo‘ralar bilan Guliston rayonida o‘tkazdik.
                        A. Qahhor, Ming bir jon
                        
            
            
                3.  Vaqtichog‘lik, xursandlik; baxt, omad.
                
                                        Joni sog‘ga kunda bayram, Kunda to‘y.
                        Maqol