1.  Hech qanday naf-foydasi bo‘lmagani holda; befoyda, behuda.
                
                                        Muharrir bir yarim soat bekorga o‘tgan vaqtga achinib, bizga quloq berdi.
                        A. Qahhor, Bek
                        
            
            
                2.  Arzirli sabab, asos bo‘lmagani holda; bo‘lar-bo‘lmasga, vaj-sababsiz; o‘rinsiz.
                
                                        Aniqroq qilib ayting, Musa aka, Bo‘taboy bekorga yomon otli bo‘lib qolmasin.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
            
            
                3.  Pul yoki haq olmay, to‘lamay, tekinga; bepul.
                
                                        — Yukni bekorga tashiymizmi, qovurg‘amiz sinay dedi! — qichqirishdi boshqalar.
                        Oybek, Tanlangan asarlar