1. kt. kt. Kuchli havas, intilish; qiziqish, ishtiyoq.
                
                                        Bu g‘azalda yosh yigitning hissi, shavqi, nash’asi yangradi.
                        Oybek, Navoiy
                        
                        Bu til-adabiyot muallimi ta’lim va tarbiya ishini sevar, yuragida tobora kuchaygan bir shavq bilan maktabda ishlar edi.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
            
            
                2.  Shunday intilish, qiziqish tufayli yuzaga kelgan ko‘tarinki ruhiy holat; zavq.
                Shavqqa to‘lib kuylamoq.
                    ▬
                                        [Guli:] G‘azalkim, so‘zlagay ishqdin, safodin. G‘azaldin bu kabi shavq olmagan kim?
                        Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
                        
                        Garmonchi ham shavqidan beixtiyor o‘rtaga tushib, o‘yin ayni doli-guliga kelganda, maydon gumburlab ketdi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas