1.  Qur’on suralarining va umuman eski kitob, hujjat, xat va shu kabilarning “Allohning nomi bilan“ ma’nosidagi boshlanish iborasi (bismillohi rahmonir rahiym) tarkibidagi so‘z.
                
                                        [Asad qori:] Boshidan o‘qiyotibman, taqsir. — Qozi Asad qoriga jahl bilan o‘qraydi: — Bismillosi qani?
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Uni shay-ton, ha-ha, zavoddagi masterovoylar bilan bismillosi yo‘q kitoblar aynitdi!
                        K. Yashin, Hamza
                        
                        Bismillo, deb Avazxon Shivirladi G‘irotga.
                        Nurali
                        
            
            
                2. s. t. t. Biror ishga kirishishda, xususan ovqat yeyishni boshlashda aytiladigan so‘z.
                
                                        Mirzakarimboyning xotini, harsillab-gursullab, narvonchaning har pog‘onasiga qadam qo‘yganda, bismilloni takrorlab, aravaga o‘tirdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ogzidagi nosini tupurib, bismillo deganicha, shimining pochasini shimarib, ketmon bilan o‘raga tushdi.
                        S. Ahmad, Saylanma
                        
            
            
                3. ko‘chma s.t. .t. Biror ishning avvali, boshlanishi, muqaddimasi, debochasi.
                
                                        [Mirzaraim Masturaga:] Pul hali somon, bo‘lib qoladi. Bu hali bismillosi-da.
                        Hamza, Yallachilar ishi
                        
                        Bu gal ziyofatning bismillosi saryog‘ palovdan boshlanyapti.
                        Sharq yulduzi
                        
                        Uni [she’rimni] ranjitmaslik uchun ushbu kitobimning bismillosini ham she’r bilan boshladim.
                        Shukrullo, Javohirlar sandig‘i