1. O‘zaro kelishuv, to‘xtam, qaror.
To‘y tantanasini kechqurun kuyovnikida o‘tkazishga bitim qilingan bo‘lsa-da, qiznikida ham qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar limmo-lim edi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuziluvchi, qabul qilinuvchi ahdnoma, shartnoma, kontrakt.
Junayd Xiva xoni bilan bo‘lgan bitimdan keyin tinch qo‘ymadi, ketimizdan odam yubordi, qo‘liga tushsak, o‘ldirmoqchi bo‘ldi.
J. Sharipov, Xorazm
3. Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakati.
Mehnat bitimi. Bir taraflama bitim.
-