1.  So‘zlovchi va uning atrofidagilar; so‘zlovchi va u ko‘zda tutayotganlar.
                
                                        Kecha stansiyadan chiqqan avtobus bugun bizni tongotarda mo‘ljaldagi joyga tashlab ketdi.
                        O‘. Usmonov, Sirli sohil
                        
                        Bizlar, bizlar, biz edik, Bizlar bir talay qiz edik. Bizlarni uzdilar. Bir ipga tizdilar (Garmdori).
                        Z. Husainova, O‘zbek xalq topishmoqlari
                        
            
            
                2.  Birinchi shaxs men o‘rnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, g‘ururlanish, pinhona g‘urur ma’nolarini ifodalaydi.
                — Kim talabgor? — Mana, biz talabgor.
                    ▬
                                        — Bizga ham xat bormi? — deydi Munisxon.
                        Guldasta
                        
                        Asal otliqqa yo‘q, hali biz piyoda-ku!
                        A. Qahhor, Asarlar
                        
                        Endi bizni qiynamay, o‘zlari quysinlar! Qo‘llaridan hech sharob ichmaganmiz.
                        Guldasta
                        
            
            
                3.  O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olib, “yurtimizda“, “elimizda“, oramiz-da kabi ma’nolarni anglatadi.
                
                                        Surnaychining zo‘rlari bizda bo‘ladi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Non-nasibang bizda bo‘lsa, qolarsan.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Lekin, o‘rtoqlar, bizda yalqovlar yo‘q.
                        A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy