1.  Atirgullilar oilasiga mansub, sermoy mag‘zi iste’mol qilinadigan daraxt.
                
                                        Olmadan bodom bo‘lmas, tagi past odam bo‘lmas.
                        Maqol
                        
                        Bodom ming yillardan beri xalq tabobatida shifobaxsh bo‘lgan o‘simlik sifatida mashhur.
                        M. Nabiyev, Bodom
                        
            
            
                2.  Shu daraxtning mevasi (danagi).
                
                                        Achchiq bodom. Bodom yog‘i. Odam — odam bilan, pista — bodom bilan.
                        Maqol
                        
                        Mehmonlarga pista, bodom, quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi.
                        Oybek, Navoiy
                        
                        Jajji musht-chalariga bodommi, yong‘oqmi qisib olgan.
                        S. Siyoyev, Otliq ayol
                        
                        Abdishukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar