1. huq. uq. Birovning mol-mulkini talash maqsadida oshkora amalga oshirilgan o‘ta og‘ir ijtimoiy jinoyat.
                
                                        Bosqinchilikmi, podachilikmi, ketmonchilikmi — qanday ish bo‘lsa ham, mayli.
                        I. Rahim, Ixlos
                        
            
            
                2.  O‘zga yurtni bosib olish, istilochilik, tajovuzkorlik, agressorlik.
                
                                        Ming-minglab bebaho obidalarimiz turli sabablar bilan, ayniqsa, bosqinchilik urushlari natijasida yo‘q qilingan yoki o‘zga yurtlarga olib ketilgan.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                3.  Birovning nomusiga tegish, tajovuz qilish.
                
                                        [Tantiboyvachcha] Gulnorga bosqinchilik qilishga Jondorboyni sherik qilmoqchi bo‘ldi-da, piyoladagi achchiq choyni ho‘plab, gapirdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar