1.  Suyuqlik, sochiluvchan jism va shu kabilar ichiga yorib kirmoq. cho‘mmoq.
                
                                        Suvga tomgan yog‘ botmas.
                        Maqol
                        
                        [Shokir ota] Oldida yotgan kerakli asboblarni tez topa olmas, kuvani qidirgan qo‘li shirach kosaga botar edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Kechagi chorshanba bozor bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u, sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq.
                        Askiya
                        
            
            
                2.  Belanmoq, ko‘milmoq; qoplanmoq.
                Terga botmoq. Qonga botmoq.
                    ▬
                                        Yusufbek shunday qarasa, Amirbek o‘zidan ketib qolyapti, hamma yeri bilchillab, qonga botib kelayapti.
                        Yusuf va Ahmad
                        
                        Zambarakning o‘qi tegdi sonima, Oq ko‘ylagim botdi qizil qonima.
                        Qo‘shiqlar
                        
                        Otlar oppoq ko‘pikka botgan, har junidan ter ketgan
                        Yusuf va Ahmad
                        
                        Madaminning yo‘g‘on, semiz qora barmoqlari yoqqa botgan guruchlar orasida o‘rmalay boshladi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        U [Rukniddin] terga botib, suv bo‘lib ketgan edi.
                        Mirmuhsin, Temur Malik
                        
            
            
                3.  G‘arq bo‘lmoq, cho‘kmoq.
                
                                        Dushman kemasi suvga botdi. Tavakkalchining kemasi botmas.
                        Maqol
                        
            
            
                4.  Bosib, ezib yoki yorib ichiga kirmoq; ko‘milmoq; suqilmoq, sanchilmoq.
                
                                        Badaniga achchiq qamchi botibdi.
                        Yusuf va Ahmad
                        
                        Etak yarim bo‘lar-bo‘lmas, bog‘ichi bo‘ynini kesib yuborguday botadi.
                        S. Nurov, Narvon
                        
                        Bilaguzuk bilagima botadi. Usta yigit ro‘molimdan tortadi.
                        Qo‘shiqlar
                        
                        Ularning o‘limi bu xoin cholning Ko‘ksiga xanjardek abadiy botdi.
                        X. Davron, Qaqnus
                        
                        Qilich, nayza sindi-da, Ikkoviga botmaydi.
                        Nurali
                        
            
            
                5.  Tiqilib yoki ko‘milib, yurolmay qolmoq, zo‘rg‘a yurmoq.
                
                                        Etigi to‘pig‘igacha loyga botib ketdi.
                        Yoshlik
                        
                        Ba’zan Bektemir tizzagacha loyga botadi. Kalavlanadi, yiqiladi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Oldinda barxan tepa paydo bo‘lib, mashina undan o‘ta olmay, g‘arillay-g‘arillay qumga botib qoldi.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
                        Tizzasigacha tuproqqa botib, bir yonboshiga qiyshayib qoldi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
            
            
                6.  Qarzga botmoq Katta miqdorda qarz bo‘lmoq.
                
                                        Otamurodni uylantirganlarida qarzga botdi.
                        Sharq yulduzi
                        
            
            
                7. ko‘chma hma Biror ruhiy holatga tushmoq, ko‘milmoq; biror salbiy muhit, g‘oya va shu kabilar ta’siriga berilib yoki girdobiga tushib qolmoq.
                
                                        Sherbek xayolga botib, uzoq jim qoldi, so‘ng chuqur uh tortdi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Gulnor boshini egib, chuqur sukutga botdi, bir lahzada yuzini iztirob ko‘lankasi qopladi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ularga tikilib goh jilmaydi, goh qayg‘uga botdi.
                        Yoshlik
                        
                        Gunohga botasizlar! Bor, yuz-qo‘lingni yuvib chiq, xazon bo‘lgur.
                        Hamza
                        
                        — Dadasi! Gunohga botmang, dadasi! — dedi chirillab.
                        O‘. Hoshimov, Ikki eshik orasi
                        
            
            
                8. ko‘chma hma Qattiq tegmoq, og‘ir tuyulmoq.
                
                                        Bu gap menga ancha og‘ir botdi, lekin chidadim.
                        Yoshlik
                        
                        Isfandiyorning beandisha mulohazasi bosh vazirga og‘ir botdi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Lodon deding, sening so‘zing menga botibdi, Shunday lodon necha devni yutibdi.
                        Malikayi ayyor
                        
            
            
                9.  Ichkari tomon ezilib, botiq hosil bo‘lmoq, ichkari kirmoq.
                
                                        Ali tajang bir tomoni ichiga botgan kaskasini ko‘zigacha bostirib kiydi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Uning qizarinqiragan ko‘zlari ich-ichiga botib ketgan edi.
                        S. Zunnunova, Olov
                        
            
            
                10.  Ufq orqasiga yashirinmoq, yashirinib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lmoq (asosan Quyosh, Oy haqida).
                
                                        Kun qizarib botsa, qizingni uzat, Tong qizarib otsa, tomingni tuza t.
                        Maqol
                        
                        Oy botsa ham, boy yotmas.
                        Maqol
                        
                        Mana uzzukun butun borliqni qizdirib, o‘z kuchini ko‘rsatgan quyosh ufqni olovlantirib botmoqda.
                        Gazetadan
                        
            
            
                11.  Singmoq, hazm bo‘lmoq; nasib qilmoq.
                
                                        Birovni norozi qilib olingan non menga botmaydi.
                        Sharq yulduzi
                        
                        Ayronni qanday ichayin, Och yuragimga botmaydi.
                        Nurali