1.  Otaning yoki onaning onasi.
                
                                        Mungli ko‘zlari mehrga to‘la bu nozik kampir Shukurovga marhum buvisini eslatdi.
                        O. Yoqubov, Diyonat
                        
            
            
                2.  Ona, oyi.
                
                                        Yig‘lamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi G‘ulomjon, bunday gaplar onasining qalbiga malham bo‘lmasligini bilsa ham.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3.  Tilga olinayotgan kishi ismidan keyin kelib, shaxsning keksaligini, unga yaqin-lik, hurmatni ifodalaydi.
                
                                        Gulsum opa idoradan chiqib, to‘g‘ri Mohira buvinikiga ketdi
                        O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa