Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chapla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chap-la-moq
Izoh(lar)i:
chapla fl

1. Surtmoq, surkamoq. Onasi uni cho‘miltiradigan bo‘lsa, ertalabdan boshiga qatiq chaplab qo‘yardi. S. Ahmad, Saylanma

2. Kaftiga olib urib yopishtirmoq. yigit molxona devoriga loy chaplay turib, qallig‘iga o‘tli-o‘tli qarab qo‘yadi. Yoshlik

3. Chap tomonidan yoki chap berib o‘tmoq. [Otabek] Ikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darvozasi orqali yana qaytib Marg‘ilonga kirgan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.