1.  Uchini topib, yozib bo‘lmaydigan, chalkashib, u yer-bu yeriga tugun tushib qolgan (ip, ingichka sim va shu kabilar haqida).[
                
                                        Onam] Otamning bu javobidan chigal kalavaning uchini topganday, uni yaxshilab yechishga kirishdi.
                        S. Ayniy, Esdaliklar
                        
            
            
                2.  Chalkashib, murakkablashib ketgan; chalkash.
                
                                        Men ona yurtim, jonajon Orolim va uning chigal qismati haqida og‘ir o‘yga toldim.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Muammo; qiyin masala.
                
                                        Suv muammosi hal bo‘ldi-yu, boshqa chigal chiqdi.
                        E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq