1.  Mehnat yoki jismoniy tarbiya bilan o‘z organizmining har qanday og‘ir sharoitga, kasallik va shu kabilarga bardosh berish qobiliyatini oshirmoq; toblanmoq, pishiqmoq.
                
                                        Mehnatda chiniqqanning rangi toza bo‘ladi.
                        Qo‘shiqlar
                        
                        U ko‘ylaksiz edi, oftobda chiniqib pishgan badani ter bilan yaltirardi.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Amaliy ish, tajriba jarayonida yetilmoq, toblanmoq.
                
                                        Do‘stlik sinovda chiniqadi.
                        Maqol
                        
                        Uning [qizning] muhabbati ayriliqda chiniqdi.
                        Gazetadan