1.  Chiqmoq fe’lining birgalik nisbati.
                Ishga chiqishdi. Yo‘lga chiqishdi. Uydan chiqishdi. Tomga chiqishdi. Saylga chiqishdi.
                    ▬
                                        Oradan bir soatcha vaqt o‘tgach, kirib ketganlar birin-sirin chiqisha boshladi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
            
            
                2.  Murosa qilmoq, ahil, ittifoq, el bo‘lib yashamoq yoki ishlamoq.
                U hamma bilan chiqishadi.
                    ▬
                                        Bu afandixon bilan chiqisholmaydiganga o‘xshayman.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
                        Ayniqsa, tog‘asi Samad bilan uncha chiqishmaydi.
                        N. Norqobilov, To‘qnashuv
                        
            
            
                3.  Yoqtirmoq.
                U mushuk bilan chiqishmaydi.