1.  Dangal ish tutadigan, qo‘rqib, hadiksirab o‘tirmaydigan; dovyurak.
                
                                        Rahimberdi o‘ziga ishongan, dadil yigit edi, ishlab charchamasdi.
                        X. To‘xtaboyev, Felyetondan so‘ng
                        
            
            
                2.  Shijoat bilan to‘lib toshgan; jasurona, mardonavor, shaxdam.
                
                                        Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotinlar — onalar jasur.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Qo‘rqmay, ishonch bilan, bemalol, tortinmay
                
                                        Uzoqdan bo‘lsa-da, Yo‘lchiga dadil qaraydi, ba’zan yashirin iljayadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Jismoniy, ma’naviy jihatdan baquvvat; tetik, bardam.
                
                                        Elmurod odamlar to‘lqinida Fotima bilan yonma-yon yurarkan, o‘zini har vaqtdagidan dadil va yengil sezdi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                5.  Moddiy jihatdan o‘zini tutib olgan; boy-badavlat.
                
                                        Jamoa xo‘jaligimiz bu yil ancha dadil bo‘lib oldi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                6.  ko‘chmaEng muhim, dolzarb, zaruriy.
                
                                        eng dadil g‘oyalarni o‘rtaga tashlab, uni ro‘yobga chiqargan irrigatorlarning mardligi haqida hikoya qiladi.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari