1.  Ra’nodoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, ko‘pincha tog‘li joylarda yovvoyi holda o‘sadigan, sariq yoki qizg‘ish, dumaloq mevali daraxt va uning yeyishli mevasi.
                
                                        Jondan kechmasang — jonona qayda, toqqa chiqmasang — do‘lana qayda?
                        Maqol
                        
                        To‘p-to‘p o‘sgan yovvoyi do‘lana, na’matak shoxlarida chumchuqlar chug‘urlashardi. S. Anorboyev,
                        Oqsoy
                        
            
            
                2.  Shu daraxt yog‘ochidan ishlangan munchoq.
                
                                        U [amaki] yo‘g‘on kalta barmoqlari bilan ayvonda do‘lana tasbeh o‘girib o‘tirar edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Eshakka do‘lana taqqandek, senga fartuqni kim ilib qo‘ydi?
                        I. Rahim, Ixlos