1.  Amerika Qo‘shma Shtatlarining asosiy pul birligi (1786 yildan).
                Bir dollar 100 sentdan iborat.
                    ▬
                                        Har yili jahon bozorida 200 milliard dollar bahoda turli dorilar sotiladi.
                        Fan va turmush
                        
                        Shunday jamg‘armaga ega bo‘lishimiz kerakki, xohlagan paytda — markagami, dollargami istagan narsalarimizni sotib olish uchun qurbimiz yetsin.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Avstraliya, Barbados, Kanada, Malayziya, Singapur, Fiji, Yamayka kabi 30 ga yaqin katta-kichik davlatlarning pul birligi (boshqa valyutalarga nisbatan qiymati bir xil emas).