1. ot vzf. zf. Biror ish yoki jarayon eng qizg‘in yoki qistalang bo‘lgan payt.
                
                                        Saodatga shunday dolzarbda yaxshilik qilmay, qachon yaxshilik qilasan?
                        I. Rahim, Ixlos
                        
                        Suyak-suyagigacha paxtakor odam bunaqangi dolzarbda daladan jilmaydi.
                        R. Fayziy, Asad libosi
                        
            
            
                2. sft. ft. Bajarilishi, qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan, birinchi galda hal etilishi lozim bo‘lgan; o‘ta muhim.
                Dolzarb muammo. Dolzarb masala. Dolzarb vazifa.
                    ▬
                                        Abdulla Qahhor adabiyotimizning dolzarb masalalariga behad talabchanlik bilan yondashar edilar.
                        K. Qahhorova, Chorak asr ham nafas
                        
                        Dolzarb mavzudagi maruzalar o‘qib eshittirildi.
                        Gazetadan
                        
                        Sanoat robotlarini rivojlantirish masalasi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda.
                        Fan va turmush