1. ad. ad. Nazm bilan yozilgan ulkan hikoya, qissa; poema.
                Navoiyning Layli va Majnun dostoni.
                    ▬
                                        Doston ustida jiddiy ishlay boshladim.
                        Shukrullo, Saylanma
                        
                        Maktab darsliklarida uning Ko‘kan batrak dostonini alohida dars qilib o‘qitishgan edi. S.
                        Ahmad, Ufq
                        
                        Bir o‘lkaki, dunyoda biroq Bitilmagan dostondir bori.
                        A. Oripov, Yurtim shamoli
                        
            
            
                2. ad. ad. Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar.
                O‘zbek xalq dostonlari. Fozil Yo‘ldoshning Atomish dostoni.
                                    
                    
            
            
                3. ko‘chma hma Kechmish voqealar; sarguzasht; dard-u hasrat.
                
                                        Qo‘sh surnaylar uzoqlarning dostonini mungli-mungli chalib o‘tdilar.
                        G‘. G‘ulom, Soyalar
                        
                        E, aka qo‘ying, dostonimni ochmang
                        Hamza
                        
                        Bugun zang kemirgan tig‘lar shu’lasi, Asrlar dostoni bordir ularda.
                        A. Sher, Qadimgi kuy
                        
            
            
                4.  Og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan ma’lum, mashhur sarguzasht hikoyalar, gap-so‘zlar, ta’rif-tavsiflar.
                
                                        El g‘amini bilgan elda doston.
                        Maqol
                        
                        Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekanmi? — Malum ekan, tillarda doston ekan.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Toshkent tinchlik, do‘stlik, ham-korlik shahri sifatida tillarda doston.
                        Saodat
                        
            
            
                5. ko‘chma hma Ovoz, xonish; sayrash.
                
                                        Chaka-lakning allaqaysi burchagidan bulbulning dostoni — nag‘mayi hazori eshitildi. A.
                        Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy
                        
            
            
                6.  Doston (erkaklar ismi).