1. din. in. Xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalar uchun yaxshi, ezgu tilak tilash.
                
                                        Ko‘pchilikning duosi ko‘l bo‘lur.
                        Maqol
                        
                        Duo qiling, bo‘lsin mening farzandim.
                        Erali va Sherali
                        
                        — Xudoyo xudovando, qizlarimni o‘z panohingda asragin! — deb duo qildi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        To‘rt mulla cho‘kka tushib olib men bilmagan duolarni o‘qib dam solishyapti.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
                        Buvim xavotirga tushib, duo o‘qidilar.
                        Saodat
                        
                        Uch toifa kishilar bordirki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qilmaydi.
                        Hadisdan
                        
            
            
                2. din. in. Fotihada o‘qiladigan Qur’on surasi.
                
                                        Duoyi fotihadan keyin hammalari o‘rinlaridan turib, yo‘l hozirligini ko‘ra boshladilar.
                        M. Osim, Ibn Sino qissasi
                        
                        Domla Niyoz Anvar tarafidan duoga qo‘l ochdi. A.
                        Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Shundan so‘ng ikkinchi xutba o‘qilib, duoyi fotiha qilindi.
                        Mushtum
                        
            
            
                3.  Kishining sog‘ligi, o‘limi, baxtsizligiga sababchi deb hisoblanuvchi turli yovuz kuchlar, ins-jinslarni qaytarish, kimsani kimsaga isitish va shu kabilar uchun azayimxonlar, duoxonlar tomonidan o‘qiladigan yoki tumor va shu kabilarga yozib beriladigan matn, xat.
                
                                        O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki sehrchi hinduning duosi asar qildimi, har nuchuk, uch yillik adovatlar va gina-kuduratlar barchasi ham allaqayoqqa qarab uchib ketdilar. A.
                        Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Siz tug‘mas ekansiz, baxtingiz bog‘langan, farzandtalablar mening duoyim bilan to‘qqiz oy deganda farzand ko‘radilar.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                4.  Umuman kishilar bir-birlariga tilaydigan yaxshiliklar; yaxshi niyatlar.
                
                                        Oltin olma, duo ol, Duo oltin emasmi.
                        Maqol
                        
                        Mehnat bilan yer ko‘karar, Duo bilan — el.
                        Maqol
                        
                        Enasidan duo oldi.
                        Nurali
                        
                        Elga xizmat qilib, bolam, duo ol.
                        Malikayi ayyor
                        
                        ko‘p odamlarning to‘yida xizmat qilgan, yurtning duosini olgan kishi.
                        S. Ahmad, Saylanma