1.  Dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, o‘zaro g‘anim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.
                
                                        G‘oyaviy dushman. Do‘st achitib gapiradi, dushman — kuldirib.
                        Maqol
                        
                        Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida.
                        Maqol
                        
                        Dushmanning katta-kichigi bo‘lmaydi.
                        Maqol
                        
                        Bular [Sharq mutafakkirlari] zulm-zulmat, adolatsizlik, jaholat, xurofotning ashaddiy dushmani edilar.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                2. harb. rb. Urushda o‘zaro biri ikkinchisi bilan jang qiluvchi, bir-biriga qarshi urush e’lon qilgan tomonlardan har biri; yov.
                
                                        Dushman bilan bo‘ladigan janglarda qo‘rqoqlik qilmanglar.
                        Hadisdan
                        
                        Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustida dushmanning necha yuzlab samolyoti behisob bomba yog‘dirdi.
                        A. Qahhor, Oltin yulduz
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Insonga va umuman biror narsaga zarar keltiruvchi kimsa, narsa, hodisa.
                
                                        Yovvoyi o‘t — hosilning dushmani. Jahl — dushman, aql do‘st.
                        Maqol
                        
                        So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman.
                        Maqol
                        
                        Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni o‘ziga dushman kabi ko‘rib kelar edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        tushkunlik — eng yomon dushman.
                        F. Musajonov, Himmat