1.  Davlat, muassasa va shu kabilarning muayyan maqsad uchun ajratilgan puli, mablag‘i, moddiy boyliklari majmui; jamg‘arma.
                
                                        Bo‘linmas fondimizda naqd bir yarim million so‘m pul bor.
                        O‘zbekiston qo‘riqlari
                        
            
            
                2.  Qat’iy, barqaror daromad keltiruvchi qimmatbaho qog‘ozlar.
                
                                    
                    
            
            
                3.  Jamlab, ehtiyotlab qo‘yilgan zaxira, boylik.
                
                                        Muzeyimiz fondi-da O‘roqovning shaxsiy buyumlari, suratlari saqlanmoqda.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                4.  Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalar, nogironlar, badiiy-ijodiy uyushmalarning a’zolariga) moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa, tashkilot.