1.  Haqiqatga to‘ri keladigan, asl holatiga mos, muvofiq.
                
                                        Eng asosiy gap hayotni haqqoniy, u qanday bo‘lsa, shunday aks ettirishdadir.
                        Gazetadan
                        
                        Yuragidagini to‘kib solayotgan qizning haqqoniy so‘zlari Sherzod Qambarovichga og‘ir botardi.
                        O‘.Usmonov, Sirli sohil
                        
                        Matbuotda xalq hayoti va qilmoq ahvoliga doir haqqoniy bir so‘z ham yo‘q.
                        Oybek, Nur qidirib
                        
            
            
                2.  Haq, asosga ega; asosli, haqli.
                
                                        Haqqoniy tanqid — ishdagi nuqsonlarni bartaraf etishning ta’sirchan vositasi.
                        Gazetadan
                        
                        Kitobxonlar nashriyotlar oldiga katta va haqqoniy talablar qo‘yishadi.
                        Gazetadan
                        
                        Shu o‘rinda haqqoniy savol tug‘iladi.
                        Sharq yulduzi