1. 1. Ichki dard; dard-alam. Bunyodga kelgandan beri qayg‘u-alam arimagan bu keng hovlida ona-bola o‘z hasratlari, achchiq nolalari bilan qoldilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. Maqsadingni anglat, Matpano! Ko‘ringan odamga hasratingni aytib, dunyodan yig‘lab o‘tmoqchimisan? S. Siyoyev, Yorug‘lik Ko‘z yoshlari hasratdan bujmaygan yuzlaridan va soqollaridan mo‘l-mo‘l oqaveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Dard-alam, shikoyat, nolish kabilarni ifodalovchi gap-so‘z. Asad, qarasa, xolasining hasrati tugamaydigan. F. Musajonov, Nozik masala U to‘g‘ralgan sabzilarni mis tovoqqa sola turib, hasratga tushib ketdi. J. Abdullaxonov, To‘fon
1. hasrat qopi ochilmoq: -
2. hasratdan chang chiqmoq: -
3. hasratga tushib ketmoq: -
4. hasratidan chang chiqdi: ortiq darajada norozilik bildirib gapirdi
5. hasratidan chang chiqmoq: -
1. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)