1. 1. Biror ish, vazifa uchun tayyor; shay.
— Na desangiz — shu, yoshulli, —
▬
Mashinalar terimga hozir. O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q — xirmonda hozir.
Maqol
— Javob berishga hozirmiz, — dedi Oyqiz raisning so‘zlarini bo‘lib.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Nimaiki maslahat yoki yordam kerak bo‘lsa biz xizmatingizga hozirmiz.
Shuhrat, Jannat qidirganlar
dedi Avaz, — qo‘limdan kelgan barcha ishga hozirman.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. So‘zlanib turgan paytni ham o‘z ichiga olgan vaqt; shu on, shu payt, shu davr.
Hozir chiqib ketdi. Hozir kelib qoladi. Otam hozir nafaqadalar. Hozir sharoit tamomila boshqacha. Hozir ayni yig‘im-terim mavsumi.
▬
Hozir turib ketgan bo‘lsa kerak, stolda konyak shishasi, apelsin to‘la vaza turar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Zoyirjon hozir borib mushtlashmoqchi bo‘lganday, rangi o‘chib ketdi.
U.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bekmirzayevga hozir choydan ko‘ra ham muzdekkina suv yaxshi edi O‘.
Usmonov, Sirli sohil
Hozir kech kuz, hademay qish-qirovli kunlar boshlanadi.
Gazetadan
Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yo‘q
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Chaqiriq, murojaat va shu kabilarga. javob sifatida ishning tezda, shu onda amalga oshirilishini bildiradi.
— Hoy, boqqa suv toshib ketdi, tez kirib bo‘g‘ib qo‘ying! — Hozir, hozir — Yo‘lchi ketmon olib yugurdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
— O‘g‘lingizni chiqarib yuboring! — Hozir.
Guldasta
Ko‘rpacha yozib, uni o‘tqazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi.
S. Karomatov, Oltin qum
Keyin hozir, boyvachcham, dedi-da, ketayotganlarga qulluq qilib, iziga qaytdi.
K. Yashin, Hamza