1.  Hozir, tayyor ekanlik.
                Mashinalarning ishga hozirligini tekshirish.
                                    
                    
            
            
                2.  Tayyorlanish ishlari; tayyorlanish, tayyorgarlik.
                
                                        Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirligiga kirishdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Bahorga hozirlik ishlarining katta-kichigi, mayda-chuydasi bo‘lmaydi.
                        Gazetadan
                        
                        Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning qutidor va Oftob oyim hamda Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                3. egalik va o‘.-p. k. shaklida yoki “bilan” ko‘makchisi yordamida ida (— hozirligida, hozirligi bilan) kam qo‘ll. Ishtirok ma’nosini bildiradi.
                
                                        Olti guvohning hozirligi bilan majlis ochildi.
                        A. Qahhor, Sarob