1.  Hurmatga loyiq, hurmat-e’tibor qozongan; izzat-obro‘ga ega.
                
                                        Bektemir generallarni urushning butun hikmatlarini biladigan bag‘oyat hurmatli, aziz odamlar deb bilardi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
                        Asqar ota bu hurmatli juvon boshqa xotinlardan raftori bilan ajralib turar, degan bir o‘yda edi, biroq, Sobiraxon yor-u do‘stlari orasida shularning biri bo‘lib qolganini ko‘rib, ajablandi.
                        A. Qahhor, Xotinlar
                        
            
            
                2.  Murojaatda hurmat, takallufni ifodalaydi.
                
                                        U kostyumining cho‘ntagidan buklog‘lik qog‘oz olib, yana Yodgorga qarab qo‘ydi: Hurmatli institut rahbarlari, domlalar.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Asrorqul xatni tovush chiqarib o‘qidi: — Hurmatli Asrorqul ota! Ertaga kechqurun mehmonlar bilan birlikda xizmatingizda bo‘lamiz
                        A. Qahhor, Asror bobo