1.  Sharoit, holatni, narsa-hodisaning mohiyatini tez anglash qobiliyatiga ega; shunday qobiliyat, idrok bilan ish tutadigan; ziyrak.
                
                                        Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda? Boylarimizning bari hushyor. Aqli bo‘lgani uchun boy bo‘lganda.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        U suv to‘ldirib qo‘yilgan qumg‘on tagiga olov yoqdi. Hushyor shogirdlari hatto tutantiriq ham tayyorlab qo‘yishgan ekan.
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                2.  Tevarak-atrofga, yon-veridagi hodisalarga sezgirlik bilan ko‘z-quloq bo‘lib turuvchi; sergak.
                
                                        Chegarada hushyor turadi posbon, Begona biror xas uchib o‘tolmas.
                        R. Bobojon
                        
                        Hushyor turib, adashmay, Har shar-pani sezaman.
                        Uyg‘un
                        
            
            
                3.  Es-hushi joyida, hushini yo‘qotmagan (asosan, ichkilik, kayf ta’sirida emaslikni bildiradi).
                
                                        Alimardon qancha may ichganining hisobiga yetmadi Hushyor paytlarida u o‘zining ahvolini o‘ylab ko‘rar, nazarida, dahshatli tush ko‘rayotganga o‘xshab ketar edi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Abdishukurning kayfi baland bo‘lsa-da, hushi hali o‘zida, mumkin qadar o‘zini hushyor tutishga tirishadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar