1.  Odam, hayvon va qushlarning qorinda joylashgan ichki qismlari, masalan, oshqozon, ichaklar.
                
                                        Ichak-chovoq go‘sht bo‘lmas, Laganbardor do‘st bo‘lmas.◆Bombardimonda ichak-chovog‘i chiqib ketgan bir go‘dak uning ko‘lida jon bergan ekan.
                        A. Muxtor, Tug‘ilish
                        
            
            
                2.  ko‘chmaBa’zi narsalarning (mashina, mexanizm va shu kabilar) ichki qismlari.
                
                                        Bir traktorning korni yorilib, ichak-chovoqlari sochilib yotibdi.
                        Mushtum