1.  Biror kimsa yoki tashkilotga tegishli narsadan ma’lum haq to‘lab, vaqtincha foydalanish.
                Ijara xo‘jaligi. Uy ijarasi. Yerni ijaraga olmoq. Uyni ijaraga qo‘ymoq.
                    ▬
                                        Keyingi yillarda kapsanchilar yerni tashlab keta bergan ekan, boylar yerlarini arzon-arzon ijaraga berishibdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.
                        
            
            
                2.  Vaqtincha foydalanish uchun olingan narsa evaziga to‘lanadigan haq.
                Bu uy uchun har oyda o‘n ming so‘m ijara olinadi. Ijarani vaqtida to‘lamoq.