1. rvsh. sh. O‘tgan vaqtlardan; avvaldan, azaldan.
                
                                        Akam yoshlik qilgandir, ham o‘zi uncha-muncha gapni ko‘tarmaydigan yigit, ilgaridan fe’li shundoq.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ilgaridan qolgan bir naql bor: Kul yugurigi — oshga, til yugurigi — boshga.
                        Bahrom va Gulandom
                        
            
            
                2. ayn. yn. Oldindan.
                
                                        U bu pulni ilgaridan tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa kerak, yonidan oldi-yu, sanamay uzatdi.
                        S. Ahmad, Ufq