Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilma}
So‘z bo‘g‘inlari: il-ma
Izoh(lar)i:
ilma ys

1. 1. Ip-ipakni ilib olishga moslangan tikish asbobi bilan qo‘lda tikishning bir usuli. Ilma chok. Ilma tikdim ilib-ilib, Tomoshani hamma qilib. Qo‘shiqlar

2. shv. hv. Ro‘molning bir turi.

3. 3. Ilib oladigan, ilishga moslangan. Yo‘rma — materialni gardishga tortib, ilma bigiz yordamida tikiladigan chokning bir turi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

1. alifni ham bilmaslik: -

2. aql bovar qilmaslik: -

3. aql bovar qilmaslik: -

4. aqli bovar qilmaslik: -

5. bel bukilmagan: -

6. beli bukilmagan: -

7. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

8. bilmaydi: -

9. bir gapni ikkita qilmaslik: -

10. bir so‘zini ikki qilmaslik: -

11. bir so‘zini ikkita qilmaslik: -

12. bir so‘zni ikki qilmaslik: -

13. bir so‘zni ikkita qilmaslik: -

14. bosar-tusarini bilmaslik: -

15. bosar-tusarni bilmaslik: -

16. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

17. dam ura bilmaslik: -

18. didingga qoyilman: -

19. doriga ham topilmaslik: -

20. egilmagan bosh: -

21. ep bilmaslik: -

22. gapini ikki qilmaslik: -

23. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

24. gapni ikki qilmaslik: -

25. gapni ikkita qilmaslik: -

26. keti uzilmadi: -

27. kishi bilmaslik: -

28. ko‘ngullar ranjur qilmaslik: -

29. ko‘zga ilmaslik: -

30. misli ko‘rilmagan: -

31. nazar ilmaslik: -

32. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik

33. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi

34. nazari ilmaslik: -

35. o‘n guldan bir gul ochilmagan: -

36. o‘n gulidan bir guli ochilmagan: -

37. o‘zini qayerga qo‘yishini bilmaslik : -

38. o‘zini bilmaslik: -

39. o‘zini bilmay ketmoq: -

40. o‘zini qayerga qo‘yarini bilmaslik: -

41. o‘zini qayerga qo‘yishini bilmaslik: -

42. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

43. o‘zini qayga qo‘yarini bilmaslik: -

44. o‘zini qayga qo‘yishini bilmaslik: -

45. o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmaslik: -

46. o‘zini qayoqqa urishini bilmaslik: -

47. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

48. o‘zni qayerga qo‘yishni bilmaslik : -

49. o‘zni bilmaslik: -

50. o‘zni bilmay ketmoq: -

51. o‘zni qayerga qo‘yarni bilmaslik: -

52. o‘zni qayerga qo‘yishni bilmaslik: -

53. o‘zni qayerga qo‘yishni bilmaslik : -

54. o‘zni qayga qo‘yarni bilmaslik: -

55. o‘zni qayga qo‘yishni bilmaslik: -

56. o‘zni qayoqqa qo‘yishni bilmaslik: -

57. o‘zni qayoqqa urishni bilmaslik: -

58. ohori to‘kilmaslik: -

59. oyog‘i uzilmaslik: -

60. oyoq uzilmaslik: -

61. qirovi to‘kilmaslik: -

62. qon to‘kilmaslik: -

63. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

64. so‘zni ikki qilmaslik: -

65. taxi buzilmagan: -

66. taxisi buzilmaslik: -

67. til evrilmaslik: -

68. tili evrilmaslik: -

69. to‘zim bilmas: -

70. to‘zim bilmaydi: seni mangu chiqaverasan, To‘zim bilmas sendagi bardosh.

71. uzilmagan gul: -

72. yer yorilmadi-yu, kirib ketmaslik: -

73. yer yorilmadi, yerga kirib ketmaslik: -

74. yer yorilmadi, yerga kirib ketsa: -

75. yer yorilmadiki, kirib ketsa: -

76. yer yorilmadiki, kirib yo‘qolsa: -

77. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

78. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmaslik: -

79. yer yorilmadi-yu, yerga kirmaslik: -

1. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.