1.  Ilmi, ma’lumoti yo‘q; o‘qimagan, nodon.
                
                                        Ilmsizga ish yo‘q, bilimsizga — osh.
                        Maqol
                        
                        Garchi Anvarga xolis qiymat bermoqchi bo‘lganida ham, buni Safar kabi ilmsiz, nodon bir kishiga tushuntirmoq uchun qanday hojat bor edi!? A.
                        Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
            
            
                2.  Ilm-fan yordamisiz, ilmga asoslanmagan (tayanmagan) holda.
                
                                        Ilmsiz tajriba — boshi berk ko‘cha.
                        Maqol
                        
                        Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo‘lmaydi, albatta.
                        H. G‘ulom, Mash’al