1.  Mehnat bilan shug‘ullanuvchi, o‘z kuchi bilan hayot kechiruvchi shaxs; mehnatchi.
                
                                        Shu yo‘sin ariq qazila boshlandi. Lekin ishchi ko‘p, oziq-ovqat yo‘q edi.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
                        Biz — ishchimiz, mehnatchimiz, Biz ham inson o‘g‘limiz.
                        Hamza
                        
            
            
                2.  Korxonalarda jismoniy mehnat qiluvchi (ishlovchi) shaxs; moddiy boylik yaratuvchi ijtimoiy guruh vakili.
                Zavod ishchisi. Qurilish ishchisi. Temir yo‘l ishchisi.
                    ▬
                                        Ishga qabul qilishda sinab ko‘rish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirib ko‘rishdir.
                        Gazetadan
                        
                        E’zozli o‘quvchim (balki paxtakor, ehtimol, ishchisan, balki ziyoli).
                        A. Sher